O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Hayit namoziga o‘z mashinasida keladigan fuqarolarga murojaat qildi. Qisqa murojaat matni bilan quyida tanishish mumkin.

11-avgust kuni Qurbon hayiti bayrami keng nishonlanishi munosabati bilan Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarga yaqin ko‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Hayit namoziga o‘z avtotransport vositalarida keladiganlardan Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarib, transport vositalarini boshqalarga xalaqit bermagan holda tartib bilan joylashtirishlarini, imkon qadar jamoat transporti xizmatidan foydalanishlarini so‘rab qolamiz.

Qurbon hayiti bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Ichki ishlar vazirligi