Tramp KXDR rahbaridan “juda yaxshi” xat olganini aytdi va uni “o‘ta shaxsiy” deya ta’rifladi. “Interfaks”ning yozishicha, AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Foto: CNN

Trampning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda KXDRda uchirilgan raketalardan Kim Chen Inning o‘zi ham norozi bo‘lgan. Shu bilan birga, Tramp Shimoliy Koreya u bilan muzokaralardan so‘ng yadro qurolini sinovdan o‘tkazmayotganini ta’kidlagan.

Tramp yadrosizlanishni muhokama qilish uchun Kim Chen In bilan yana bir marta uchrashishi mumkinligini istisno qilmagan.