AQShlik milliarder Jeffri Epshteyn Manxettendagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qildi. U pedofillikda ayblangan edi, deb xabar berdi New York Times.

Foto: Reuters

Uning jasadi 10-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 7:30 da topilgan.

Epshteyn 25-iyulda ham o‘z joniga qasd qilishga uringan edi. U bo‘ynida bir nechta jarohat bilan o‘z kamerasida topilgan edi.

Marhumga uning kameradoshi Nikolas Tartalone hujum qilgan bo‘lishi ham mumkinligi taxmin qilinmoqda. Biroq u ushbu hodisaga aloqadorligini rad etgan.

Epshteyn 6-iyul kuni Nyu-Yorkda hibsga olingan. Uning qurbonlari soni 14 nafarligi aytilmoqda.