Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga qarshi 8-avgust kuni rasman ayblov e’lon qilindi. U hozircha faqat korrupsiyada ayblanmoqda. U 26-avgustga qadar hibsga olingan. “Asia-Plus” postsovet mamlakatlari rahbarlaridan yana kimlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini eslatib o‘tdi.

Foto: “Asia-Plus”

Petr Poroshenko

Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenkonga qarshi 12 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xususan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, Kerch bo‘g‘ozi voqeasida davlatga xoinlik, sud hokimiyatini tortib olish va “Pryamoy” telekanalini noqonuniy egallab olish bilan bog‘liq jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Poroshenko 2014-yilda Yevromaydonda tinch fuqarolarning o‘limi ishi yuzasidan so‘roq qilingan. Poroshenkoning o‘zi “Yevropa ishi” partiyasining s’ezdida ishtirok etganda Ukraina xalqi oldida javobgarligini va ta’qibdan qo‘rqmasligini bildirgan.

Viktor Yanukovich

Undan ham avvalroq Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichga nisbatan ham jinoiy ish ochilgan. U 2014-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng mamlakatni tark etgan. 2015-yilning fevral oyida esa Ukraina bosh prokuraturasi sobiq prezidentni sirtdan jinoiy javobgarlikka tortish ishini boshlagani va sobiq prezidentni ekstradatsiya qilishni so‘rab Rossiyaga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgan.

Bosh prokuratura Yanukovichni jinoiy uyushma tuzishda gumonlanishini ma’lum qilgan. 2017-yilning iyulida esa Kiyevning Obolon sudi unga nisbatan davlatga xoinlik bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshlagan va 2019-yilning 24-yanvarida unga nisbatan 13 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida sirtdan hukm chiqargan.

Yanukovich, shuningdek, Yevromaydon paytida tinch aholining o‘ldirilishi, katta miqdordagi moliyaviy mablag‘lar o‘g‘irlanishida ham ayblangan.

Mixail Saakashvili

Gruziya bosh prokuraturasi 2014-yilda Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga qarshi bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha sirtdan ayblovlar e’lon qilgan edi.

U davlatning 8,8 millondan ortiq gruzin larisi (qariyb 3 million dollar) o‘zlashtirish, 2007-yilning 7-noyabrida aksiyalarni tarqatib yuborish ishida mansab vakolatini suiiste’mol qilish, parlament deputati Valeriy Gelashvilini do‘pposlash va 2006-yilda Gruziya Birlashgan banki xodimini o‘ldirishda ayblangan.

Gruziyaning yangi prezidenti etib Georgiy Margvelashvili saylanganidan so‘ng Mixail Saakashvili 2013-yilning noyabr oyida mamlakatni tart etgan va shundan beri qaytmagan.

Keyinchalik u Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning maslahatchisi etib tayinlangan va Ukraina fuqaroligini olgan. Mixail Saakashvili 2016-yilning noyabriga qadar Odessa viloyati gubernatori lavozimini egallab kelgan. Keyinchalik esa uni fuqarolikdan mahrum etib, jinoiy uyushmalarga yordam berish va ularning jinoiy faoliyatini yashirganlikda ayblanib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Oxir oqibat o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilgani va davlat mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun jazolangan.

Saakashviliga Ukraina fuqaroligi 2019-yilning mayida qaytarilgan, mamlakatda unga qarshi ochilgan jinoiy ishlar esa hozirda to‘xtatilgan.

Robert Kocharyan

Armanistonda ham hokimiyat almashinuvi sobiq rahbarlarga qarshi jinoiy ish ochilishiga olib kelgan. Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan birinchi marta 2018-yilning 28-iyulida konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish ishi bo‘yicha hibsga olingan. U 2008-yildagi namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishda va konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishda ayblangan.

Biroq ikki hafta o‘tgach u ozod qilingan. Apellyatsiya sudi birinchi instansiya sudining hukmini va sobiq prezidentning qo‘lga olinishini noqonuniy deb topgan. Uning ozod etilishiga asos sifatida Konstitutsiyada Robert Kocharyanning sobiq prezident sifatida daxlsizligi to‘g‘risida belgilangan qonun sabab bo‘lgan. Ammo 2018-yilning dekarida apellyatsiya sudi uni qayta hibsga olish haqida hukm chiqargan. Sobiq prezident 2019-yilning may oyiga qadar yana qamoqda bo‘lgan.

Kocharyanning o‘zi esa unga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmayapti va buni siyosiy buyurtma deb hisoblamoqda. Natijada, Armanistonning Konstitutsiyaviy sudi 2019-yil 18-iyulda bayonot bilan chiqib, inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasidan maslahat so‘rash niyatida ekanligini ma’lum qildi.