Odatda insonlarning tashqi ko‘rinishiga qarab yoshini taxmin qilamiz. Biroq shunday ayollar borki, ularning faoliyati, yurish turishi va albatta chiroyli ko‘rinishiga qarab haqiqiy yoshini taxmin qilishning ilojisi yo‘q. Yillar o‘tsa-da biroq ular turli yo‘llar orqali o‘z yoshligini va go‘zalligini saqlab qolishgan.

AdMe taqdim etgan suratlarga boqib bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.

Marina De Boshir 54 yosh Foto: AdMe

Marina 50 yoshdan oshgan. Ammo pasportiga qarab ham uning bu yoshda ekanligiga ishonish juda qiyin. Marinaning aytishicha, u ko‘p vaqtini o‘zini parvarish qilishga sarflaydi. Chunki natijasi ham bunga arziydi. Shu sababli kundan-kunga uning Instagram sahifasidagi obunachilar soni oshib bormoqda.

Kareliya Moran 48 yosh Foto: AdMe

Kareliya Moran – blogerlikni boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Ammo Elle, Mari Claire Spain kabi nashrlar unga katta qiziqish bildirmoqda. Kareliya ishlaydi, sport bilan shug‘ullanadi, iti bilan sayrga chiqadi. Blog yuritadi.  Ya’ni u hayotini o‘zi istaganday yashaydi.

Liz Vebster 51 yosh Foto: AdMe

51 yoshli Liz Vebster uch farzandning onasi va 2014-yilgi bodibilding musobaqasi sovrindori. Bundan tashqari, Liz sportchilar va sport muxlislari va sog‘lom ovqatlanish uchun tabiiy qo‘shimchalar ishlab chiqaradigan kompaniyaning egalaridan biri. Lizning Instagram’dagi tasmasida uning kundalik hayoti va sport zalidagi mashaqqatli ishlarini ko‘rish mumkin. Uning fikricha, sport, muvozanatli oziq-ovqat va yaxshi tanlangan ozuqaviy qo‘shimchalar 50 emas, balki 20 ga yaxshi ko‘rinishga yordam beradi

Lyu Yelin 50 yosh Foto: AdMe

Xitoyning sobiq kutubxonachisi Lyu Yelin 50 yoshida ham faol hayot kechiradi. U suzish bilan muntazam shug‘ullanadi. Ayniqsa, sovuq suvda suzishni afzal ko‘radi.

Lyu shunchalik yosh ko‘ringanidan uni o‘g‘liga qiz topish muammo bo‘lyapti. Chunki, uni onasi bilan ko‘rganlar qiz do‘sti bilan yuribdi deb o‘ylaydi.

Anjelik Mayls 52 yosh Foto: AdMe

Anjelika Miles 52 yoshda. Qirqdan keyin Anjelika “krossfit” dunyosini kashf etdi va shundan beri bu uning asosiy sevimli mashg‘ulotiga aylandi. U juda ko‘p ishlaydi va bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanadi. U shakar va sut mahsulotlarini iste’mol qilmaydi. Shuning uchun ham uning tanasi juda yosh ko‘rinadi.

Regina Xoll 48 yosh Foto: AdMe

48 yoshli Regina Xoll “Qo‘rqinchli” filmidagi Brenda roli bilan tanilgan aktrisadir. Jurnalistikani orzu qilgan qiz oxir-oqibat aktrisa bo‘lgan. Uning filmlarini ko‘rib tanlovi to‘g‘ri bo‘lganiga amin bo‘lish mumin.

Asosiy faoliyatidan tashqari, u ayni paytda ko‘ngilli bo‘lib ishlaydi, keksa odamlarga g‘amxo‘rlik qiladi.

Elizabet Xyorli 53 yosh
Foto: AdMe

Bu ajablanarli, ammo Elizabet Hurley 53 yoshda. Albatta, u ham ko‘plab taniqli shaxslar qatori yaxshi ko‘rinishga ega biroq baribir uning chindan ham 50dan o‘tganiga ishonish juda qiyin. Aktrisa, modelyer, dizayner va 17 yoshli yigitning onasi hech qanday parhez qilmaydi. U mutanosib ovqatlanadi, ochiq havoda ko‘p vaqt sarflaydi va har kuni sport bilan shug‘ullanadi.

Dominik Saks 51 yosh Foto: AdMe

Amerikalik jurnalist va yangiliklar boshlovchisi Dominik Saks, 51 yoshda, bir nechta shoular muallifi. 2 ta “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Fitness inqilobiga” asos solgan va shu  orqali mashhur blogerga aylangan. Dominikning fikricha, go‘zallik va yoshlikni saqlab qolish uchun muvozanatli ovqatlanish va muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilish shug‘ullanish shart. Biroq eng muhimi, ayol doimo go‘zallikni his qilib yashashi lozim.