G‘arbiy Gruziyada neandertallarning yashash joylarining yangi izlari topilgan. Bu topilma qadimgi g‘orlardan biri- Sutsxvatida ishlagan xalqaro ekspeditsiyaga tegishli, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Yuqori paleolit davridagi asarlar va Homo Sapiens izlari topilgan. “Bronza g‘or”da tosh-mis davriga oid maskan qayd etilgan.

G‘orda AQSh, Fransiya, gruziyalik paleoantropologlar, paleontologlar, palinologlar, geologlar va arxeologlar ishlamoqda.

Topilmalarning yoshi 50 ming yildan ortiq, deyiladi xabarda. Mutaxassislar neandertallarning yo‘q bo‘lib ketishining sababini tushuntirish ustida ish olib bormoqda.