Hindistonning Kerala, Maxarashtra va Karnataka shtatlarida kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida eng kamida 147 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, tabiiy ofat xavf tug‘dirayotgan hududlardan 165 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Yuqorida sanab o‘tilgan shtatlardagi ayrim hududlarda yuqori xavf darajasi e’lon qilingan. Xususan, maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilingan.

Kerala shtatidagi eng yirik aeroport Kochin hali hamon yopiq.

Hindiston meteorologik departamentining ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo sharoiti yana bir necha kun davom etadi.