Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Katta Farg‘ona kanalining 80 yilligi bayram tadbirini o‘tkazish haqidagi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Foto: Arxiv

Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orishda asosiy o‘rin tutuvchi Katta Farg‘ona kanalining qurilganligiga bu yil 80 yil to‘lmoqda.

O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy kengashi kotibi Usmon Yusupovning 1939-yil 3- iyundagi qarori Katta Farg‘ona kanalining qurilishiga asos bo‘lgan.

Katta Farg‘ona kanali qurilishi 1939-yilning avgust oyida boshlanib, hashar yo‘li bilan 45 kunda 270 kilometr uzunlikda bunyod etilgan. Qisqa muddatda 18 million kubometr hajmda tuproq qazish ishlari bajarilib, 450 tadan ortiq suv inshooti va 38 ta ko‘prik qurib bitkazilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligining Katta Farg‘ona kanalining 80 yilligi bayram tadbirini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha bildirgan takliflari ma’qullanishi mumkin.

Suv xo‘jaligi sohasida xizmat ko‘rsatgan irrigatorlarning Katta Farg‘ona magistral kanali nomini “Usmon Yusupov nomli Katta Farg‘ona kanali”ga o‘zgartirish bo‘yicha bildirgan taklifiga rozilik beriladi.