Moskvada Qurbon hayiti namozida 240 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Musulmonlar Qurbon hayiti namozini Moskvadagi to‘rtta masjid va uning atrofida hamda masjidlardan tashqari yana ikkita maydonda ado etgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, tadbir ko‘ngildagidek va hech qanday ko‘ngilsiz hodisalarsiz o‘tgan.