“Avtostat” tahliliy agentligi ekspertlari Rossiyadagi eng ommabop lyuks avtomobillar reytingini tuzdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Sputnik

Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Mercedes-Benz Maybach S-Class avtomobili egalladi. Rossiyaliklar olti oy davomida mazkur modeldan 252 dona xarid qilgan va bu sotilgan lyuks mashinalarning 38 foizini tashkil etadi. Rossiyada uning narxi 146,5 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Birinchi uchlikka Bentley Continental GT (93 dona) va Bentayga (78 dona) kiritilgan.

Bundan tashqari, reytingdan Maserati Levante, Lamborghini Urus, Rolls-Royce Cullinan, Rolls-Royce Wraith, Maserati Ghibli, Lamborghini Aventador, Ferrari Portofino va Rolls-Royce Ghost avtomobillari o‘rin olgan.