AQShning Pensilvaniya shtatidagi bolalar bog‘chasida 11-avgust, yakshanba kuni ro‘y bergan yong‘in oqibatida 5 nafar bola halok bo‘ldi.

Foto: Erie fire department

Yong‘in Eri shahrida sodir bo‘ldi. Qurbonlarning yoshi 8 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan.

Hodisa oqibatida yana 2 kishi — bog‘cha egasi bo‘lgan ayol va qo‘shni uyda yashovchi erkak yaralandi.