Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning hozirda ajrashish ostonasida bo‘lgan rafiqasi Marina Uiler birinchi marta saraton kasalligi bilan qanday kurashgani haqida gapirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Mirror”

Bu haqda The Sunday Times gazetasida chop etilgan bo‘lib, unda Uiler yil boshida unga qo‘yilgan bachadon saratoni o‘simtasini olib tashlash bo‘yicha 3 ta operatsiyani boshidan o‘tkazganini aytgan.

Taniqli huquqshunos va yozuvchi Uilerning so‘zlariga ko‘ra, kutilmagan tashxis tufayli u ancha oldin rejalashtirgan Rossiyaga safarini bekor qilishga majbur bo‘lgan. Bunda davolanish muvaffaqiyatli o‘tgan, tahlil natijalari esa o‘simta tarqalishga ulgurmaganini ko‘rsatgan.

Uiler o‘z kechinmalaridan foydalanib, britaniyalik ayollarni e’tiborli bo‘lishga chaqirgan. U saraton belgilarini aniqlash uchun muntazam tekshiruvdan o‘tish muhimligini ta’kidlagan.