Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Turkmanistonda bo‘lib o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida uchrashdi.

Foto: Sputnik

“Bu yil siz bilan ko‘p bor muloqotda bo‘lyapmiz. Bu yaxshi alomat, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik barqaror rivojlanib borayotgani belgisi”, — dedi Medvedev.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘zaro aloqalar yangi darajaga chiqqanini qayd etdi. Aripovga ko‘ra, yanvar—iyul oylarida tovar aylanmasi 15 foizga oshgan va yil oxiriga borib 6 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.