Butun dunyo bo‘ylab Google qidiruv tizimida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda turli saytlar ishlashidagi muammolarni kuzatib boruvchi DownDetector resursi ma’lumotiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Ta’kidlanishicha, uzilishlar 11-avgust kuni AQSh Sharqiy qirg‘oqlaridagi vaqt bo‘yicha 17:33 da (Toshkent vaqti bilan 02:33) kuzatilgan.

Qidiruv tizimidagi muamolardan asosan AQSh, Rossiya va Yevropa davlatlarida istiqomat qiluvchi foydalanuvchilar shikoyat qilgan.

Foto: Tengrinews

Google — dunyodagi eng yirik qidiruv tizimi. Korporatsiya tarkibiga Gmail pochta servisi, YouTube videoxostingi, Google xaritasi, Google Talk, Google+ ijtimoiy tarmog‘i, shuningdek, Google Chrome brauzeri, Google Play do‘koni hamda Adwords va Adsense kabi reklama platformalari kiradi.