Joriy mavsumda Xitoy sharqiga yopirilgan “Lekima” tayfuni oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Joinfo

Tabiiy ofat asosan Chjenszyan provinsiyasiga talafot yetkazgan bo‘lib, bu yerda halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi.

10-avgustga o‘tar kechasi shamol tezligi soniyasiga 50 metrga yetgan. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazilgan iqtisodiy zarar 3,4 milliard dollarga baholanmoqda. Tayfun provinsiyada istiqomat qiladigan 6,6 million odamning normal hayot tarzini izdan chiqarib yuborgan, 1,2 million aholi xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan.

11-avgust kuni esa tropik siklon darajasigacha susaygan tabiiy ofat Shandun provinsiyasining sharqiy qirg‘oqlariga yetib kelgan. U provinsiyada kuchli yog‘ingarchilikni keltirib chiqargan. Yetkazilgan zarar 200 million dollarga baholandi.

Bir sutka ichida Yanszi daryosi yaqinidagi hududlardan o‘tuvchi temir yo‘llar vayron bo‘lgan, mintaqada bir necha ming aviareys bekor qilingan.