Qirg‘iziston Sotsial demokratlar partiyasi deputati Irina Karamushkina Almazbek Atambayev o‘zini yaxshi ushlab turgani, ruhan cho‘kmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Karamushkinaning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev yaxshi kayfiyatda bo‘lgan va unga qarshi qaratilgan ayblovlarni rad etishda davom etishini bildirgan.

“U o‘zini yaxshi ushlab turibdi, ruhan cho‘kmagan. Hozir sobiq prezidentning Qirg‘iziston fuqarosi sifatidagi huquqlari buzilgani haqida murojaatnoma tayyorlayapmiz”, — degan u.

Deputat murojaatda qurolli bostirib kirish va hibsga olish haqida so‘z borishi, uning butun uyi vayron qilingani, bu esa shaxsiy mulk ekanligini ta’kidlagan.