Ukraina prezidenti saytida mamlakatda milliy valyuta sifatida grivna o‘rniga dollardan foydalanish taklif etilgan murojaat joylashtirildi.

Foto: EPA

“Ukraina milliy valyutasi beqarorligi sababli pul islohoti o‘tkazish va mamlakat milliy valyutasini barqaror pul birligi — AQSh dollariga almashtirishni so‘raymiz”, — deyiladi Vladimir Zelenskiyga yo‘llangan murojaatda.

Mazkur taklif 7-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 4 kun ichida 775 ta imzo to‘plagan.

Murojaat prezident tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun 90 kun ichida kamida 25 mingta imzo to‘plashi kerak.