Yerga diametri 160 metrga teng 2019 OU1 nomli “potensial xavfli” asteroid uchib kelmoqda. Bu Xeops piramidasi diametridan 20 metrga kattaroq demakdir, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: NASA

Asteroid 28-avgust kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi: osmon jismi Venera sayyorasidan 40 barobar yaqinroq keladi.

9-sentabr kuni esa 2006QV89 asteroidi Yerga yaqinlashadi. Yevropa kosmik agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, asteroidning Yer sayyorasi bilan to‘qnashish ehtimolligi yetti mingdan birga teng. Ayni vaqtda xavfli asteroid Yerdan 6,7 million kilometr narida.

Yaqin yuz yillikdagi eng xavfli kosmik xavf — 2010RF12 asteroidi edi. Uning 2095-yilda Yer bilan to‘qnashish ehtimolligi 16/1 ga teng. Mazkur asteroid Yerga 2010-yilga yaqinlashib, 79 ming kilometr naridan uchib o‘tib ketgan.

Avvalroq Yerga osmono‘par bino kattaligidagi asteroid yaqinlashayotgani haqida  xabar bergan edik.