Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat to‘ntarishini uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi O‘rozbek Opumbayev ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

“Unga davlat to‘ntarishi uyushtirish uchun qon to‘kilishi kerak edi. Bu uning rejasi bo‘lgan”, — dedi Opumbayev.

Opumbayevga ko‘ra, qo‘mitaga xizmatga Atambayevni majburiy olib kelish topshirig‘i berilgan.