Almazbek Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanovni “sotqinligi” uchun ishdan bo‘shatishdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.

Foto: “Nur.kz”

Kursan Asanov ziddiyat kuchayib ketishining oldini olish uchun Almazbek Atambayevni huquq-tartibot organlari xodimlariga taslim bo‘lishga ko‘ndirgan edi.

Keyinroq politsiyachiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan edi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Asanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, Asanov Qirg‘iziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilganlikda va ishonchni suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.