Avstraliyada qor yog‘moqda, deb xabar berdi The Guardian’ga tayanib “Gazeta.ru”

Foto: Twitter

Qayd etilishicha, qor Janubiy Avstraliyadan boshlab butun mamlakatni qoplagan. Bundan tashqari, mamlakatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, shamol tezligi 33 metr/sekundga yetmoqda.

Melburnning ayrim hududlarida havo harorati +10 darajagacha tushib ketgan. Viktoriya va Yangi Janubiy Uelsning Alp tog‘lari hududlarida esa harorat 0 dan pastga tushadi.