Saudiya Arabistoning Makka shahrida qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabar berdi.

Foto: AFP

Qirg‘izistonliklar qarindoshlarining roziligi bilan Makkada dafn etilgan. O‘lim sababi hozircha noma’lum. Diniy idora ma’lumotlariga ko‘ra, hayotdan ko‘z yumganlarning uch nafari ham 60 yoshdan oshgan.