KXDR yetakchisi Kim Chen In yangi qurollanish yo‘lida xizmat qilgan bir qator olimlarga harbiy unvonlarni topshirdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In “harbiy ilm-fanga va mamlakat mudofaasining mustahkamlanishiga hissa qo‘shgan” 103 nafar olimga yangi unvonlarni topshirgan. KXDR yetakchisi ularga minnatdorchilik bildirib, milliy mudofaa sohasida “murakkab texnologik muammolarni yechish”ga yordam ko‘rsatganliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Janubiy Koreya kuzatuvchilarining qayd etishicha, KXDRda fuqarolarga harbiy unvonlarning topshirilishi oliy mukofot hisoblanadi va ularning xizmati mamlakat rahbariyati tomonidan tan olinganini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy davomida KXDR bir necha bor yaqin masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarni uchirgan edi.