“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq ustozi Zinedin Zidan bilan bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

Foto: Twitter/@ChampionsLeague

Zidan jamoaning haqiqatda muhim qismi ekanimni anglatdi. U menga ulkan ishonch bildirdi. U meni o‘ziga xos futbolchi ekanimni aytar va buni his qilishimga majbur eta olardi.

Zidan menga ko‘p jihatda yordam berdi. “Real”da u bilan birgalikdagi faoliyatimdan zavq oldim. Avvallari uni shunchaki hurmat qilar edim, hozir esa undan zavq olaman. U menga nisbatan ajoyib munosabatda edi.

Zidan menga aytar edi: “Krish, fikringni jamla. Maydonga chiq va o‘z o‘yiningni namoyish qil. Sen natijaga ta’sir qila olasan.

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!