Afsonaviy multfilmning remeyki bo‘lgan “Qirol sher” animatsion filmi tarixda o‘z janridagi eng muvaffaqiyatli film deb tan olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Foto: Disney

Dunyo bo‘yicha kassa tushumi 1,33 milliard dollarni tashkil etdi. Oldingi rekord egasi 2013-yilda chiqarilgan “Muzyurak” animatsion filmi edi. Uning kassa yig‘imi 1,29 milliard dollarni tashkil qilgan.

Uchinchi o‘rinni esa kassa daromadi 1,24 milliard dollarga teng bo‘lgan “Incredibles 2” animatsion filmi egallagan.

Top beshlikka, shuningdek, “Minionlar” animatsion filmlari (1,16 milliard dollar) va “O‘yinchoqlar tarixi 4” (1,07 milliard dollar) filmlari kiritilgan.