AQSh Harbiy havo kuchlariga qarashli tadqiqot laboratoriyasi gipertovushli havo-reaktiv dvigatelni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: AFRL

Sinovdan o‘tkazilgan qurilma asosida gipertovushli uchish qurilmalari uchun yangi dvigatellar yaratish rejalashtirilmoqda. Yangi qurilma AQSh Harbiy havo kuchlarining buyurtmasiga binoan Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, 9 oydan buyon sinovdan o‘tkazib kelinmoqda. Dvigatel tortish kuchini 80 kilonyutonga qadar ko‘tarib bergan.

Joriy yilning mart oyida AQSh Mudofaa vazirligi ilg‘or mudofaa muhandisligi agentligi (DARPA) Amerikaning Raytheon korporatsiyasi bilan taktik gipertovushli planerlarni yaratish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Ayni vaqtda gipertovushli qurollarni yaratish ustida AQShdan tashqari Rossiya, Xitoy va Fransiya ham ish olib bormoqda.