Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, general-mayor Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Foto: YouTube

“Asanov joriy yil 7—8-avgust kunlardagi harakatlari bilan ichki ishlar vazirining talab va ko‘rsatmalarini bir necha marotaba inkor qilgan. Shuningdek, u bilan kelishmay o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilgan, IIB shaxsiy tarkibini rahbarsiz va xavf ostida qoldirgan”, — deyiladi prokuratura xabarida.

Jinoiy ish “Mansab vakolatini suiste’mol qilish” moddasi bilan qo‘zg‘atilgan. Oldinroq Asanov “sotqinligi va ishonchni yo‘qotganligi uchun” ishdan olingandi.