Meksikadagi Arkanzas shahridagi restoranning ikki nafar doimiy mijozi ofitsiant qizga choychaqa sifatida 2019-yilda ishlab chiqarilgan Buick mashinasini sovg‘a qildi, deb yozmoqda Forum Daily.

Foto: Auto Wise

Abuelo restoranida ishaydigan Mariya Yelena Barraganning ikki nafar farzandi bo‘lib, er-xotin Devid va Sheli Harrison uning doimiy mijozlaridan biri bo‘lgan. Ular restoranga tashriflaridan birida ovqatlanib bo‘lgach, ofitsiant ayol bilan gaplashib olishi kerakligini aytadi.

“Avvaliga qo‘rqib ketdim. Chunki biror yomon ish qilib qo‘ydim deb o‘yladim”, — degan Barragan. — Ular esa mening xizmatimni qadrlashlari va yoqtirib qolganlarini aytib, qo‘limga sovg‘a paketini tutqazdi”.

Paketda 2019-yilgi Buick Encore mashinasi hujjati va kaliti bo‘lgan. Barragan dastlab bunday saxiy sovg‘ani olishdan bosh tortgan, lekin Devid uni olishga ko‘ndirgan.

“Men buni sovg‘a sifatida emas, Yaratganning inoyati deb qabul qildim”, — degan ofitsiant ayol. Endi u o‘zining  2005-yilgi Chevy Trailblazer mashinasini emas, sovg‘a qilingan yangi mashinani boshqaradi.