Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani Ubbeniyazov ko‘chasida joylashgan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK ma’muriy binosida yong‘in yuz berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 13-avgust kuni soat 19:20 da sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 2 ta o‘t o‘chirish mashinasi soat 19:25 da yetib borib, yong‘in soat 19:55 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida binoning 70 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.