Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlar taqdim etilishi 14—19-avgust kunlari vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot ximati

Quydagi xizmatlar ko‘rsatilishi vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
  • Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
  • Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
  • Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda “Pensiya” dasturiy majmuasi faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida dasturni yangi ma’lumotlar saqlash qurilmasiga ko‘chirish ishlari davom etmoqda. Ushbu jarayon yakunlangach, fuqarolarga pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yanada oshadi.