13-avgust kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyoti Boltiq dengizidagi neytral suvlar uzra uchib o‘tayotganida unga NATOning F-18 qiruvchi samolyoti yaqinlashdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Kadr: YouTube

Shoygu Kaliningraddan Moskvaga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Qiruvchi samolyot vazir samolyotini kuzatib borgan ikkita Su-27 samolyotlari tomonidan siqib chiqarilgan.

Shoyguning samolyotidan olingan videoda mudofaa vaziri o‘tirgan samolyot tomon NATO qiruvchisi yaqinlashayotganini ko‘rish mumkin. Samolyot yoniga Su-27 uchib kelgach, F-18 vazirning samolyotidan uzoqlashib, ancha balandlagan.

Shoygu Kaliningradda ishchi safar bilan bo‘lgan va Naximov harbiy bilim yurti filiali tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etgan.