Qo‘shma Shtatlar Xitoy rasmiylari Gonkong chegaralari yaqinida qo‘shin to‘playotganidan xabardor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

Foto: EPA

“Razvedkamiz Xitoy qo‘shinlari Gonkong bilan chegaraga qo‘shinlarni yuborayotgani haqida xabardor qildi. Barcha vazminlikni saqlashi va ehtiyot bo‘lishi lozim”, — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Tramp Vashingtonni Gonkongdagi tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblashlari sababini tushunmasligini bildirdi.

“Ko‘pchilik meni va Qo‘shma Shtatlarni Gonkongdagi muammolarda ayblamoqda. Nega? Buni tasavvur etishim ham amri mahol”, — deydi AQSh prezidenti.