“Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoa hujumchisi Eldor Shomurodovning kelajagi borasida fikrlarini bildirdi, deb yozadi “Sport-Ekspress”.

Foto: Sport Express

— Hozir Shomurodov OAV juda ko‘p gapirilmoqda. Bu futbolchining boshini aylantirmaydimi?

— Bugungi kunda unday bo‘lmaydi. Eldor — juda kamtar va mulohazali yigit. U ro‘y beryotgan voqealarga to‘g‘ri baho beradi.

— Yaqinda unga SSKAdan qiziqish bo‘lgani rostmi?

— Bu menga beriladigan savol emas. Unga qaysi jamoa qiziqqanini bilmayman. Bu haqda hech narsa bilmayman.

— Siz hujumchining kelajakda Rossiyaning grand klubiga emas, balki Yevropaga yo‘l olish borasidagi fikriga qo‘shilasizmi?

— Umuman olganda, ha. U “Rostov”da yana bir qancha muddat o‘ynashini xohlardim. Keyin esa agar taklif bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiya top-klubidan ko‘ra, g‘arbga yo‘l olgan ma’qulroq.

Albatta, Yevropaning kuchli klublariga o‘tish oson ish emas. Biroq avvaliga kamtarona jamoada boshlab, keyinchalik yuqoriga intilish mumkin, — deydi Karpin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!