Yevropa Chempionlar Ligasining uchinchi saralash bosqichi javob o‘yinlari 13-avgust, seshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Twitter/@AFCAjax

APOEL Ozarbayjonning “Qorabog‘” klubini mag‘lub etdi (2:0, birinchi o‘yin: 1:2). “Rusenborg” ikki o‘yinda ham “Maribor”ga imkon qoldirmagan bo‘lsa (3:1, 3:1), “Dinamo Kiyev” jamoasi “Bryugge” to‘sig‘idan o‘ta olmadi (3:3, 0:1).

Zagrebning “Dinamo”si “Ferensvarosh”ni musobaqadan chiqarib yubordi (4:0, 1:1). “Srvena Zvezda” penaltilar seriyasiga ko‘ra “Kopengagen”dan ustun keldi (1:1, 1:1). “Istanbul” uyida ham, safarda ham “Olimpiakos”ga yutqazgan bo‘lsa (0:2, 0:1), LASK ikki safar ham “Bazel”dan ustun keldi (3:1, 2:1).

O‘tgan yilgi yarim finalchi “Ayaks” PAOKni ortda qoldirdi (3:2, 2:2). “Seltik” esa kutilmaganda ChFR to‘sig‘idan o‘ta olmadi (3:4, 1:1). “Krasnodar” o‘z uyida mag‘lub bo‘lishiga qaramay safarda “Portu”ga uchta gol urishga erishdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi (3:2, 0:1).

Shu tariqa, hal qiluvchi pley-off o‘yinlari juftliklari ma’lum bo‘ldi:

Chempionlar yo‘li

“Dinamo” Zagreb (Xorvatiya) – “Rusenborg” (Norvegiya)

“Yang Boyz” (Shveysariya) – “Srvena Zvezda” (Serbiya)

CHFR (Ruminiya) – “Slaviya” (Chexiya)

APOEL (Kipr) – “Ayaks” (Gollandiya)

Liga vakillari yo‘li

LASK (Avstriya) – “Bryugge” (Belgiya)

“Olimpiakos” (Gretsiya) – “Krasnodar” (Rossiya)

Pley-off o‘yinlari 20-21 va 27—28-avgust kunlariga belgilangan. Ushbu juftlik g‘oliblari Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!