Amerikaning Ogayo shtatida bir bola ibtidoiy davrga tegishli ulkan hayvon tishini tasodifan topib oldi. Bu haqda Cleveland19 xabar bermoqda.

Foto: Facebook

Iyul oyida 12 yoshli Jekson Xepner Xolms okrugida dam olayotib, soydan qimmatli qazilmani topib oldi. Oila topilmani Kolumbus shahri muzeyiga o‘rganish uchun yubordi. Mutaxassislar fikricha, bir necha ming yillik tarixga ega ulkan tish tukli mamont yoki mastodontga tegishli bo‘lgan.

“Bu tishni tez orada qaytarib olaman, degan umiddaman, — deb yozdi Xepner ekspertlarga yo‘llangan xatida. — Men uni do‘stlarimga ko‘rsatmoqchiman”. Bolakay xatiga hayvonning qoldig‘i topilgan joy sxemasini chizib ilova qildi.