Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev yana ikkita jinoiy ishga aloqadorligi aniqlandi. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qilgan.

Foto: “Kremlin.ru”

“Atambayevga yer uchastkasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy bitimga aloqadorlikda gumon qilinayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha ikkita alohida tergov guruhi tuzilgan”, — degan u.

So‘nggi besh kun ichida sobiq prezidentga huquq-tartibot organlariga qarshi zo‘ravonlik, ommaviy tartibsizlik tashkil etish, qotilliklar va suiqasd uyushtirish, kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ozod etish , Bishke IESni rekonstruksiya qilishdagi korrupsiya kabi jinoyatlarda gumonayotgani to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etilgan.