Saudiya Arabistonning Makka shahrida tojikistonlik ikki nafar ziyoratchi kasallik tufayli vafot etdi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Foto: Sputnik

Ziyoratchilar 70 yoshda bo‘lgan, ular Makkada dafn etilgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda millionlab musulmonlar islomning asosiy shartlaridan biri bo‘lmish Makkaga haj amalini ado etmoqda. Barcha ziyoratlar orasida Makkaga ziyorat eng qiyini hisoblanadi. Chunki zulhijja oyining 9-kuni (haj oyi) ziyoratchilar Arafot tog‘iga ko‘tarilib, u yerda tegishli amallarni bajaradi. Bularning barchasi 50 daraja issiqda amalga oshiriladi.

Avvalroq Haj safari davomida qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.