Microsoft kompaniyasi o‘z xodimlari foydalanuvchilarning qaydlarini eshita olishi mumkinligini tan oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP

Vice portali Microsoft’ning maxfiylik siyosatining yangilanganiga e’tibor qaratib, kompaniya Microsoft Cortana ovozli yordamchisi yoki Skype Translator dasturi yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil qila olishi mumkinligini aniqlagan.

“Shaxsiy ma’lumotlar nafaqat avtomatlashtirilgan ravishda, balki inson omili yordamida ham qayta ishlanadi”, — deyiladi kompaniya siyosatida.

Avvalroq, Vice portal Microsoft foydalanuvchilarning shaxsiy dialoglarini eshitish uchun odamlar yollaganini ma’lum qilgandi.

Kompaniyadagilar ushbu xabaarni qisman tasdiqlagan.

“Biz odamlar kontentni o‘rganish bilan shug‘ullanishini aniqlashtirishga qaror qildik”, — deyiladi kompaniya izohida. Kompaniyadagilar bu kabi o‘zaro munosabatlar foydalanuvchilar bilan aloqani “yanada oydinlashtirish”ga olib kelishiga umid bildirmoqda.