Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidga 15-mart kuni uyushtirilgan hujumda ayblanayotgan avstraliyalik Brenton Tarranta advokatlari shahar sudiga murojaat qilib, sud jarayonini boshqa shaharda o‘tkazishni so‘radi.

Foto: Union News

“TASS”ning xabar berishicha, sud iltimosnomani qabul qilgan, ammo sudya Kemeron Mander bu masala shu yilning 3-oktabrida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Kraystcherch shahridagi ikki masjidda terakt sodir bo‘ldi. Oqibatda 51 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar yaralangan. Hukumat jinoyatda gumonlanuvchi uch kishini qo‘lga olgan. Keyinchalik ularning ikki nafarini qo‘yib yuborgan. Faqat 28 yoshli Brenton Tarrant hibsga olingan. May oyi oxirlarida unga terrorchilik sodir etish ayblovi qo‘yilgan.