Amerika psixologiya assotsiatsiyasi va Harris Poll tomonidan o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalarining guvohlik berishicha, voyaga yetgan amerikaliklarning uchdan bir qismi ommaviy otishmalardan xavfsirash tufayli ma’lum joylar yoki tadbirlarga borishdan qochadi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

Foto: Depositphotos

Ogayo shtatining Deyton va Texas shtatining El-Paso shaharlarida yuz berib, 31 kishini hayotdan olib ketgan ommaviy otishmalardan keyin e’lon qilingan so‘rovnoma amerikaliklarning aksariyati — 79 foizi ommaviy otishmalar bilan bog‘liq stressni his qilishini ko‘rsatdi.

Jamoatchilik tadbirlari, savdo markazlari, maktablar va kinoteatrlar amerikaliklarda ommaviy otishmalar bilan bog‘liq qo‘rquv uyg‘otadigan joylar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni egalladi.