AQShning Kaliforniya shtatida kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Keri Mullis 74 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Foto: “360”

“RBK”ning yozishicha, u 7-avgust kuni pnevmoniya tufayli yuzaga kelgan yurak va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Mullis 1993-yili britaniyalik olim Mayk Smit bilan birgalikda DNK tahlilining arzon va tezkor usuli — polimeraza zanjiri reaksiyasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Kashfiyot avvallari haftalab davom etgan jarayonni bir necha soatga qisqartirish imkonini bergan.

Hozirda bu usuldan turli kasalliklarni aniqlashga imkon beradigan genetik mutatsiyalarni aniqlashda foydalaniladi.