Shimoliy Qutbda joylashgan meteorologik stansiya Arktika tarixidagi eng yuqori haroratni qayd etdi, deb xabar bermoqda National Geographic.

Foto: GisMeteo

Xabarda aytilishicha, Shvetsiyaning Qutb doirasidan shimolda joylashgan meteorologik stansiyasi iyul oyida Arktika mintaqasi uchun rekord daraja bo‘lgan 34,8 daraja issiq haroratni qayd etgan.

Iqlimshunos Dik Arndt bu ma’lumotlar tahlil qilingani va Shvetsiya meteorologiya instituti tomonidan tekshirilganini aytgan.

Shimoliy Muz okeanidagi muzliklar maydoni 19,8 foizga qisqargan bo‘lib, bu 2012 va 2015-yillardagi ko‘rsatkichlardan ham ko‘pdir. O‘sha yillarda ham rekord daraja issiqlik qayd etilgan.

Iqlimshunos Robert Rodening ta’kidlashicha, 2019-yil 90 foizlik ehtimol bilan butun kuzatuvlar davomidagi 2016-yildan keyin ikkinchi o‘rindagi eng issiq yil bo‘ladi.