Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning rafiqasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda Raisa Atambayeva 16-avgust kuni Bishkekda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Foto: “24.kg”

“Hozirda menga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda”, — degan u va jinoiy ish qaysi modda bo‘yicha qo‘zg‘atilishini bilmasligini aytgan.