AQSh prezidenti Donald Tramp Daniyaga tegishli Grenlandiya orolini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, mamlakat rahbari bir necha bor o‘z maslahatchilaridan Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani sotib olishi mumkin yoki mumkinmasligi bilan qiziqqan.

Wall Street Journal’ning yozishicha, Tramp orolning resurslari va uning geosiyosiy ahamiyati haqidagi muhokamalardan xabardor. Bundan tashqari, prezident mazkur loyiha bo‘yicha huquqiy ekspertizani o‘tkazilishini so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, Trampning ayrim maslahatchilari ushbu rejani iqtisodiy jihatdan maqsadli deb hisoblayotgan bo‘lsa, qolganlar buni davlat rahbarining “bir lahzali ishqibozligi” deb atamoqda.