2019-yilgi Haj ziyorati chog‘ida 8 nafar musulmon chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar bermoqda “Islom va oila”. Ularning besh nafari Makka klinikalarida, ikki nafari Arofat vodiysida, qolgan bittasi esa Mino vodiysida tug‘ildi.

Foto: “Islamisemya.com”

Liviyalik ayol Suad Muhammad Barbush Arofat vodiysidagi kasalxonada tug‘ilgan o‘g‘liga shu vodiy nomini berdi.

Gvineyalik ziyoratchi Maymuna Ali turmush o‘rtog‘i bilan Arofat vodiysidagi Jabal ar-Rahma tog‘iga ko‘tarilganidan keyin bir necha soat o‘tib, ona bo‘ldi. Ular o‘g‘liga Saudiyaning valiahd shahzodasi Muhammad Salmon sharafiga ism qo‘ydi.