Instagram foydalanuvchilarga feyk va yolg‘on kontent haqida ogohlantirish imkonini beradigan funksiyani ishga tushiradi, deb xabar qiladi Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Ma’lumotlarga ko‘ra, postning ishonchli emasligini belgilash uchun servis foydalanuvchilari Instagram’ning o‘ng yuqori burchagida turgan uch nuqtani bosishi va u yerdagi “nomuvofiq” yoki “feyk” bandini tanlashi kifoya.

Xabarga Instagram jamoasi tomonidan tekshirib bo‘lingachgina “feyk” maqomi beriladi. Instagram vakili Stefani Otueyning ta’kidlashicha, bu turdagi xabarlar platformadan to‘liq o‘chirilmaydi, biroq uni tegishli xeshteglar bilan tarqatishning imkoni cheklanadi.