Janubiy Koreya hududdagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani sababli KXDRdan snaryad otishni to‘xtatishni talab qildi. “TASS”ning xabar berishicha, bunday bayonot 16-avgust kuni o‘tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishidan so‘ng Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan.

Foto: “Koreya24”

Prezidentning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish qatnashchilari “voqeaning har qanday rivojlanishiga tezkor javob berish uchun qurolli kuchlarning jangovar tayyorligini saqlashga kelishdi”.

Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida KXDR tomonidan uchirilgan snaryadlar turi haqida hech narsa aytilmagan. Hujjatda faqat Janubiy Koreya va AQSh vaziyatni “keyinchalik taxlil qilish uchun birgalikda hamkorlik qilishi” ta’kidlangan xolos.