Kanadaning Kvebek shahrida yashovchi ayol 1,5 km balandlikdan tushib ketib, omon qoldi, deb xabar bermoqda CNN.

Foto: CNN

Ayol parashyutdan sakrash bilan shug‘ullangan. Mashqlardan birida ayol parashyutining asosiy qubbasi ochilmay qolgan. Tajribali bo‘lishiga qaramay, sportchi zaxira parashyutini ham ocha olmagan.

Ayol 5000 futdan ortiq balandlikdan (taxminan 1524 metr) o‘rmonli hududga qulagan. U bir nechta sinish jarohatlari (shu jumladan, umurtqa pog‘onasi sinishi) bilan kasalxonaga yetkazilgan. Uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Mahalliy politsiya tekshiruvni boshlagan. Baxtsiz hodisaga drap-zona ishchilarining e’tiborsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.