Italiyaning Milan shahrida elektrosamokatlar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar faoliyatiga taqiq qo‘yildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi taqiqlar Italiyada samokatlar uchun aniq bir qoida ishlab chiqilmaguniga qadar davom etadi.

Joriy yilning iyun oyida Italiyada elektrosamokatlarni piyodalar va velosiped yo‘laklarida tezligini 30 kilometr/soatdan oshirmagan holda haydash bo‘yicha farmoyish qabul qilingandi. Biroq shunga qaramay har bir kommuna alohida o‘z qoidasini o‘rnatishini talab qiladi.

Iyul oyining oxirlarida Milan samokatlarda soatiga 6 kilometr tezlikda piyodalar yo‘laklari bo‘ylab harakatlanishni sinovdan o‘tkazgan edi.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi bir necha yil ichida Yevropada elektrosamokatlar ancha ommalashgan bo‘lib, ular sabab tez-tez yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda.