Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida makkajo‘xori maydonida samolyotni qo‘ndirgan va 233 kishining hayotini saqlab qolgan “Ural havo yo‘llari” kompaniyasi uchuvchilariga “Rossiya qahramoni” unvonini berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Foto: Sputnik

Xabarda qayd etilishicha, havo kemasi komandiri Damir Yusupov va ikkinchi uchuvchi Georgiy Murzin “Rossiya qahramoni” unvoni bilan, qolgan ekipaj a’zolari esa “Jasorat” ordeni bilan taqdirlangan.

15-avgust kuni “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasining A321 layneri Podmoskovyening Ramenskiy tumanidagi makkajo‘xori dalasiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. “Jukovskiy—Simferopol” yo‘nalishi bo‘yicha parvozga ko‘tarilgan samolyot chaykalar galasi bilan to‘qnashgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 73 kishi, jumladan, 16 nafar bola tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi  JKning  havo transporti harakati xavfsizligi va undan foydalanish qoidalarining buzilishi bo‘yicha moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Shuningdek, maxsus komissiya bu ishni tekshirish bilan shug‘ullanadi.